“TASHKENT BOOK FEST – 2019” — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasidan fotoreportaj

Фото: Mahalladosh
Фото: Mahalladosh

Poytaxtimizda bugun o‘z ishini boshlagan  “TASHKENT BOOK FEST – 2019” — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi ko‘plab kitobxonlarni bir maskanga to‘pladi

Katta shodiyona, kitob bayrami shukuhida tashkil etilgan ushbu xalqaro ko‘rgazma kitob va mutolaani targ‘ib etish, xalqimiz vakillarini chet mamlakatlari, jahon adabiy-badiiy, ilmiy nashrlari bilan tanishtirish hamda kitobxonlik targ‘iboti borasidagi xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Unda ishtirokchilar mamlakatimizdagi eng qadimiy qo‘lyozmalar bilan birgalikda, zamonaviy elektron kitoblar hamda turli xorijiy nashrlar bilan tanishish barobarida ayrimlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ko‘rgazmada nafaqat, turli bosma mahsulotlar, balki hatotlar va sahhoflar san'atidan ham bahramand bo‘lish, badiiy akademiyaning kitob grafikasi hamda abru yozuvi mutaxassislarining mahorati, ish jarayonini, shuningdek, Qo‘qon va Samarqand qog‘ozlarini tayyorlash jarayonini kuzatish imkoni yaratildi.

 

Aytib o‘tish o‘tish joiz O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda etti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya Federasiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari hamda mamlakatimizdagi 30 dan ortiq davlat va xususiy nashriyot va kitob savdo tashkilotlari o‘z pavilonlari bilan qatnashmoqda. Ko‘rgazma yakunida ular “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi pavilon” kabi turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

Katta taassurotlarga boy bo‘layotgan kitob ko‘rgazmasi 4 oktyabr kuni o‘z faoliyatini yakunlaydi.

Sanjar EShMURODOV,

G‘ulomjon Xidirov

Mahalla

 

Izoh 0

Izoh qoldirish