Audioyozuv bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish mumkinmi?

– Bir ayol mendan pul olgan edi, lekin hozir tan olmayapti. Menda uning pulni olganligini tasdiqlovchi audioyozuv bor. Bu holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atish mumkinmi? Mazkur holat bo‘yicha kimga murojaat qilishim kerak?

O.NOSIROV.

Toshkent viloyati.

Amrullo AHMEDOV,

Toshkent shahar advokatlar palatasi bo‘lim boshlig‘i:

– Ushbu holatda siz tegishli ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishingiz lozim. Qonunchilikka muvofiq, jinoyat ishi qo‘zg‘atishning sabablaridan biri shaxslarning arizalaridir. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va vakolatli mansabdor shaxs o‘z vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va etarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.

Izoh 0

Izoh qoldirish